Слайд 1Ikkinchi jahon urushi
davrida O’zbekiston
Слайд 3Mavzu: Ikkinchi jahon urushi davrida O’zbekiston
Reja:
1. Ikkinchi jahon urushining boshlanishi
va O’zbekistonga ta’siri.
2. Hamma narsa front uchun , hamma narsa
g’alaba uchun.
3. O’zbek xalqi baynalminal va bag’rikengdir.
4. O’zbekistonlik jangchilari
unutilmaydi.
Слайд 4URUSHNING BOSHLANISHI
1941 yil 22 iyun kuni gitlerchilar Germaniyasi o’zaro
hujum qilmaslik haqidagi shartnoma bo’lishiga qaramay to’satdan SSSRga hujum qildi.
Sovet Ittifoqi deb atalmish hududga birlashtirilgan xalqlar uchun og’ir sinovlardan iborat urush boshlandi.
Слайд 5Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari.
Ikkinchi jahon urushida 61 ta davlat
qatnashgan (47 tasi aksihitler ittifoqining tarafida va 14 tasi Oʻq
mamlakatlari tarafida). Ulardan ayrimlari faol harbiy harakatlarni olib borishardi, boshqalari oʻz ittifoqdoshlariga oziq-ovqat yetkazib berardi, koʻpchilik esa urushda faqat nominal holda ishtirok ishtirok etardilar.
Слайд 6Aksihitler ittifoqiga quyidagilar kirardilar:
SSSR (1941-yildan), AQSh (1941-yil, 7-dekabrdan), Buyuk
Britaniya, Fransiya, Xitoy, Polsha, Avstraliya, Kanada, Yugoslaviya, Niderlandlar, Norvegiya, Yangi
Zelandiya, Janubiy Afrika Ittifoqi, Chexoslovakiya, Belgiya, Yunoniston, Habashiston, Daniya, Braziliya, Meksika, Moʻgʻuliston, Lyuksemburg, Nepal, Panama, Argentina, Chili, Kuba, Peru, Gvatemala, Kolumbiya, Kosta-Rika, Dominikan respublikasi, Albaniya, Gonduras, Salvador, Gaiti, Paragvay, Ekvador, San-Marino, Turkiya, Urugvay, Venesuela, Livan, Saudiya Arabistoni, Nikaragua, Liberoya, Boliviya. Urush davrida ularga fashist blokidan chiqqan bir necha davlat qoʻshildi: Eron (1941-yildan), Iroq (1943-yildan), Italiya (1943-yildan), Ruminiya (1944-yildan), Bolgariya (1944-yildan), Vengriya (1945-yili), Finlandiya (1945-yili).
Слайд 7Boshqa tarafdan urushda
Oʻq davlatlari:
Olmoniya, Italiya (1943-yilgacha), Yaponiya, Finlandiya
(1944-yilgacha), Bolgariya (1944-yilgacha), Ruminiya (1944-yilgacha), Vengriya (1945-yilgacha), Slovakiya, Tailand (Siam),
Iroq (1941-yilgacha), Iroq (1941-yilgacha), Manchjou-Go, Xorvatiya, Serbiya. Bosib olingan mamlakatlar hududida fashist ittifoqiga qoʻshilgan marionetkaviy davlatlar yaratilar edi: Vishi Fransiyasi, Salo respublikasi, Albaniya, Chernogoriya, Ichki Moʻgʻuliston, Birma, Fillipinlar, Vyetnam, Kambodja, Laos. Shuningdek, Olmoniya va Yaponiya tarafida qarshilik koʻrsatayotgan tarafning fuqarolaridan yaratilgan koʻpgina kollaboratsion qoʻshinlar jang qilardi: ROA, RONA, SSning xorijiy diviziyalari (rus, ukrain, eston, latish, dat, belgiyalik, fransuz, alban), "Ozod Hindiston". Shuningdek, Oʻq davlatlari qurolli kuchlari tarkibida rasman neytral qolayotgan davlatlarning ixtiyoriy kuchlari bor edi: Ispaniya (Havorang diviziya), Shvetsiya va Portugaliya.
Слайд 8Ikkinchi jahon urushi (1939 — 1945) — buyuk mamlakatlar —
Angliya, Fransiya, Sovet Ittifoqi, Olmoniya, Italiya, Yaponiya va boshqa davlatlar
oʻrtasida Birinchi jahon urushidan soʻng, 1919 — 1922 yillari taʼsir doirasini kengaytirish va chegaralarni qayta koʻrib chiqish maqsadida kelib chiqqan qurolli ziddiyatlar (urushlar) majmuasi. Keyinchalik bu dunyodagi ikki harbiy-siyosiy ittifoqlarning ziddiyatiga aylanadi va insoniyat tarixidagi eng yirik urush boʻladi. Ikkinchi jahon urushida dunyo aholisining 80% dan ortigʻi yashagan 61 ta davlat qatnashdi (ulardan 37 tasi harbiy harakatlarda ishtirok etdi). Harbiy harakatlar 40 ta davlat hududlarini qamradi. Har xil baholarga koʻra 50 dan 70 mlngacha kishi vafot etgan.
Слайд 9O’zbek xalqi urush boshlanishi bilan uning og’ir oqibatlarini tushunib yetdi.
Shu bois urushning dastlabki kunlaridan boshlab fashizmgaqarshi miting va majlislar
boshlanib ketdi.Jamoalarning majlislarida so’zga chiqqan har bir o’zbek farzandi, ona-yurti,o’z xalqi ozodliginiko’kragini qalqon qilib himoya qilishga , kerak bo’lsa jonini ham berishga tayyor ekanini bildirdi. Urush, butun mamlakat hayotini izidan chiqishiga sabab bo’ldi. 1941 yil 30-iyundaDavlat mudafaa komitetining tuzilishi bilan mamlakatdagi butun hokimyat uning qo’liga o’tdi. Ushbu kamitetning raisi I.V.Stalin 8-avgustda SSSR Qurolli kuchlari Oliy bosh qo’mondoni lavozimini egalladi.
Слайд 10
Harbiy vaziyat front orqasini mustahkamlash yuzasidan shoshilinch choralar ko’rishni talab
qildi. O’zbekiston iqtisodiyoti harbiy vaziyatdan kelib chiqib zudlik bilan front
manfaatlariga bo’ysundirildi. Shuningdek O’zbekistonga ,,Lentekstilmash’’, ,,Rostselmash’’, ,,Krasniy aksay’’, Moskva,,elektrokabel’’, „Pomednik’’ „Elektrostanok’’ zavodlari V.R.Chkalov nomli aviatsiya zavodi ,Kiyev ,,Transignal’’zavodi ko’chirib keltirib, joylashtirildi. Bu zavod va fabrikalarni joylashtirishda o’zbek xalqi g’oyat katta yordam ko’rsatdi
Слайд 11O’zbekistonliklar ko’chirib keltirilgan bolalarga mehribonlik va g’amxo’rlik ko’rsatdilar. Yuzlab oilalar
urush tufayli qadrdon uyi, otasi, onasidan judo bo’lgan bolalarni tarbiyaga
olish istagini bildirdilar. 15 nafar yetim bolani farzandlikka olgan Shomahmudovlar oilasining oliyjanobligi butun jahonga ma’lum. Ukrain va rus ,latish va moldavan, ko’pgina boshqa millat bolalari bu oilada birga tarbiyalanib, quvonch va tashvishni birga baham ko’rdilar.
Слайд 12Urush nogironi kattaqo’rg’onlik Hamid Samadov oilasi 13 bolani o’z panohiga
oldi, samarqandlik kalxozchi ayol Fotima Qosimova 10 bolani qabul qildi.
Urush yillarida 4,5 ming nafardan ziyod bolalar o’zbekistonlikoilalar tomonidan qabul qilib olindi.
Слайд 14 Barcha qiyinchiliklarga qaramay, qishloq ahli frontni zarur mahsulotlar bilan ta’minlash
uchun fidokorona hizmat qildi. 1941- yili davlatga 1,6 mln.tonnadan ziyod
paxta topshirildi, sabzavot, poliz ekinlari, meva, pilla, jun, go’sht topshirish majburiyatlari oshig’i bilan bajarildi. Don va texnik ekinlarni ko’paytirish harakatlari natijasida 1942-yil bahorida qo’shimcha 220,5 ming gektar yer o’zlashtirildi.
Слайд 15
1945-yil 25-aprelda San-Fransiskoda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta'sis
konferensiyasi ish boshladi. Unga Birlashgan Millatlar Deklaratsiyasini imzolagan va Germaniyaga
1945-yil 1-mar-tigacha urush e'lon qilgan 42 davlat vakillari taklif etildi. 1945-yil 26-iyunda konferensiya BMT Nizomini qabul qildi.
Fashizm o`zining jinoyatkorona yurishini boshlagan Nyurenbergda 1945-yil 20-noyabrdan 1946-yil 1-oktabr-gacha Xalqaro tribunal natsist harbiy jinoyatchilarning bi-rinchi guruhini sud qildi. Javobgarlikka tortilganlar orasida G. Gering, V. Keytel, E. Kaltenbrunner, I. Ribbentrop, A.Yodl, A.Shpeyer va boshqalar bor edi. 12 kishi o`lim jazosiga hukm etilib, qatl qilindi (o`zini zaharlagan G. Geringdan tashqari), 7 kishi uzoq muddatli yoki umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.
jangchilar unutilmaydi
– Bugun ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning
bayrami kuni, – dedi Prezidentimiz. – Bu g‘alaba jahon xalqlari tarixida, hech shubhasiz, abadiy saqlanib qoladigan ulug‘ sanadir. Fashizm balosini yer yuzidan supurib tashlash, tinchlikparvar ellar orziqib kutgan g‘alabani ta’minlashda boshqa xalqlar qatori o‘zbek xalqi ham juda katta hissa qo‘shgan. Ikkinchi jahon urushi frontlarida 1,5 million nafar vatandoshimiz jangga kirgan.
Слайд 17Yurtimizda o‘sha paytda qariyb to‘rt million aholi istiqomat qilgani inobatga
olinsa, bu juda katta raqamni tashkil etishi ayon bo‘ladi. To‘rt
yuz mingdan ziyod vatandoshimiz mash’um urush olovi yongan nuqtalarda jon bergan. Taxminan 130 ming kishi bedarak ketgan. Bular xalqimiz uchun juda katta yo‘qotish edi.