Слайд 2Mavzu: Oybek
Reja:
1. Oybek hayoti
2. Oybek ijodi
3. Oybek she’riyatida vatanga
bo’lgan muxabbat
Foydalanilgan adabiyotlar
Слайд 51922 -yildan umrining oxirigacha Oybek she'r, dostonlar yozdi. “Onamning mozorida”
(1924), “Ovchiga” (1924), “Yoshlik xotiralaridan” (1925), “Gunafsha” (1927) singari she'rlarida
yosh shoir ruhiyatining holatlari tasvirlanadi. “Fanga yurish” (1930), “Fikr”
Слайд 6(1931), “Tansiq” (1935), “Dala yo'lida” (1935), “Qishloq qizi student” (1933),
“Brigadir ayol” (1935) singari she'rlarida ijtimoiy hayot aks ettiriladi. Shoir
“Dilbar – davr qizi” (1932), “O'ch” (1932), “Navoiy” (1947), “Qizlar” (1947), “Davrim jarohati” (1965) singari poemalar yozgan.
Слайд 8Oybek poemalarining qahramonlari “Qutlug' qon” (1940), “Navoiy” (1944), “Oltin vodiydan
shabadalar” (1949) singari romanlariga ham o'tgan. “Quyosh qoraymas” (1954), “Ulug'
yo'l” (1963), “Nur qidirib” (1955), “Bola Alisher” (1967) – Oybekning muhim asarlaridan. U nosir sifatida xalqning boy, murakkab tarixini aks ettirdi.
Слайд 10Oybek 1943 yilda O'zbekiston Fanlar Akademiyasiga haqiqiy a'zo bo'ldi. Olim
“Adabiyot qoidalari haqida” (1926), “Abdulla Qodiriyning ijodiy yo'li” (1936), “Tanqidchilikda
savodsizlik va ur-yiqitchilikka qarshi o't ochaylik” (1939), “Muqimiy asarlarida sotsial tiplar” (1939) singari tadqiqotlarni, Navoiy haqidagi maqolalarni yozdi.
Слайд 11A. S. Pushkinning «Yevgeniy Onegin» she’riy romani, M. Yu. Lermontovning
«Maskarad», Molerning «Tartyuf» dramalarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 1968- yil
1-iyulda Toshkentda vafot etgan. Vafotidan so‘ng «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan (2001).
Слайд 13NA' MATAK
Nafis chayqladi bir tup na'matak
Yuksakda, shamolning belanchagida,
Quyoshga ko'tarib bir
savat oq gul,
Viqor-la o'shshaygan qoya labida,
Nafis chayqaladi bir tup na'matak...
Mayin
raqsiga hech qoniqmas ko'ngil,
Vahshiy toshlarga ham u berar fusun.
So'nmaydi yuzida yorqin tabassum,
Yanoqlarni tutib oltin bo'sa-chun
Quyoshga tutadi bir savat oq gul!
Слайд 14Poyida yig'laydi kumush qor yum-yum...
Nafis chayqaladi bir tup na'matak...
Shamol injularini
separ chashmadak,
Boshida bir savat oq yulduz-chechak,
Nozik salomlari naqadar ma'sum.
Tog'lar havosining
feruzasidan
Mayin tovlanadi butun niholi,
Vahshiy qoyalarning ajib ijodi:
Yuksakda raqs etar bir tup na'matak,
Quyoshga bir savat gul tutib xursand!
Слайд 15SOZIM
Uyg‘ongach umrning ilk bahori,
Soz bo‘ldi ko‘nglim samimiy yori.
Hamshira
kabi yaqin va dilbar,
Tong yulduzidek umidga undar.
Soz bilmadi hech
mahal arazni,
Nurlatdi yurakni jonli bazmi.
Ul qo‘rqmadi duch kelsa tikanzor,
Ofatli bo‘ron, qutursa sel, qor...
Слайд 16Gar egsa qaddimni cho‘ng mashaqqat,
Bir onda uchirdi - misli
ul pat.
Qishlarni bahor aylagan ul,
Udir bog‘imda xilma-xil gul.
Gullarning
tusi bag‘ir qonimdan,
Mast nozi sevgining tongidan.
Men u bilan ayladim tarannum,
Har so‘zda quyosh qilur tabassum.
Слайд 17DENGIZDA OQSHOM
Suvlarda sekin o‘ynar,
Oltin qayiqchalardek,
Quyosh alangalari...
G’urub yong‘ini qoplar,
Samo yuzi anordek,
Bulutlar atlas kabi...
Ufqlar quchog‘iga
Sig‘magan buyuk dengiz
Chayqalar sekingina.
Suvlar quyosh sochiga
O’ralishib tinimsiz,
O’par qirg‘oqni asta...
Слайд 18XASTAMEN
Xastamen...Fikrga,tuyg'uga to'lib,
Oy menga hamqadam - sokin yuramen.
Sog'aysam bir kuni yozamen
to'yib,
Hislarga qalbimni qo'shib yozamen.
Kechalar yururmen telbaday horib,
Boshimda oy borur,menga hamqadam.
Xayollar
uchadi mash'alday yonib,
To'yib yozajakmen bir kun sog'aysam...
Слайд 19YURAMEN
Yuraman,toshadi sevinchim,
Bu sevinch qaerdan,bilmayman.
Kechaning og'ushi latif, jim,
Yulduzlar chamani gullagan.
Toshlar ham,qushlar
ham uxlaydi,
Shamollar uchganda ep-engil,
Oy nuri mavjlanib titraydi,
Barglarga kiradi shirin til.
Koinot
sevgisi gul kabi
Qalbimda ochilar, xayol - hur.
To'ladir sevinchning qadahi,
Yulduzlar tomchilar oltin nur...
Слайд 20QORAXAT
Bexosdan uzilgan shoda dur kabi,
To'kildi umidning rangli barglari.
Osildi bir onda
qo'llar madorsiz,
Yer qochdi,qoraydi quyosh zarlari...
Слайд 23ADABIYOTGA E’TIBOR - MA’NAVIYATGA, KELAJAKKA E’TIBOR.
I. A. KARIMOV
Слайд 25Namangan shahar 34-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’zbek tili fani o’qituvchisi
Atabayeva Gulnoraning “Oybek hayoti va ijodi” ga prezentasiyasi