Слайд 1 Mavzu:
TIL BILGAN – EL BILADI
(Juft va
takroriy so`zlar,ularning yasalishi va imlosi)
3-dars
Слайд 2O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti
Слайд 3O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir. 1989-yil 21-oktabrda “Davlat tili
to`g`risida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun milliy qadriyatlarimizni tiklash va
rivojlantirish uchun juda katta imkoniyatlar berdi. O`zbek tili davlatimizning bayrog`i, gerbi, madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo`li bilan himoya qilinadigan muqaddas biriga aylanadi. O`tgan davr mobaynida davlat tilining hayotimizdagi o`rni, va ta’sirini kuchaytirish yo`lida g`oyat ulkan ishlar amalga oshirildi. Istiqlol yillarida o`zbek tilining qo`llanish doirasi nihoyatda kengaygani, uning xalqaro miqyosda ham muloqot vositasiga aylanib borayotgani juda quvonarlidir. Tilga e’tibor – elga e’tibor, deydilar.
Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asaridan
Слайд 4Insonni til ayladi judo hayvondin,
Bilki, guhari sharifroq yo`q
ondin.
Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz.
Bilmaganin so`rab o`rgangan olim,
Orlanib
so`ramagan o`ziga zolim.
Tiling birla ko`nglingni bir tut.
Слайд 5Noan’anaviy test
Kalit
1. Sodda so`zlar
2. Qo`shma so`zlar
3.
Juft so`zlar
4. Takroriy so`zlar
Savollar.
1.Bahor. 2. Tez-tez. 3. Yeryong`oq.
4.Ota-ona. 5. Muallim . 6. Inson.
7. Xushxabar. 8. Ko`zoynak. 9. Orzu-havas.
Слайд 6
Savollar:
1. Davlat tili to`g`risida”gi Qonun qachon qabul qilingan?
2. So`zlar
tuzilishiga ko`ra qanday turlarga bo`linadi?
3. Sodda so`zlarga misollar keltiring.
4. Qo`shma
so`zlarga misollar keltiring.
5. Juft so`zlarga misollar keltiring.
6. Yasama so`zlar qanday hosil qilinadi?
7. “Dastyor qiz” she’rining muallifi kim?
8. “Birinchi muallimim” she’rining muallifi kim?
9. “Izzat-hurmat” so`zining to`g`ri tarjimasini toping.
10. “Donishmand” so`zini tarjima qiling.
Слайд 77- topshiriq. Matnni o`qing. Savollarga javob bering
Til barcha asrlarda xalqlar
o`rtasidagi eng asosiy muloqot vositasi bo`lgan. Kimki millat va xalqlar
tilini bilsa, u shu xalqning dilini ham tushunadi. Xalqlar o`rtasidagi birlik, ahillik, mer-oqibat va hurmat til bilishdan boshlanadi. O`zbek xalq shoiri G`afur G`ulom ko`p til bilishning xosiyati haqida shunday deb yozgan edi: “Hayotda ko`p tilni bilish chuqur bilim olmoqchi bo`lgan yoshlar uchun juda zarur. Ingliz, nemis,fransuz yoki italyan tillarini bilish dunyo madaniyati xazinasiga yo`l ochadi. Shekspirni, Shillerni, Gyugoni, Gyoteni, Danteni asl nusxada o`qiy olish katta fazilat-ku!”
Boshqa tillarni bilishning qanday foydasi bor?
2. G`afur G`ulom ko`p til
bilish haqida nima degan?
3. Siz qaysi tillarni o`rganayapsiz?
Слайд 9 Bilib oling!
Juft so`zlar –u
(-yu) yuklamasi bilan bog`langanda, so`zlar orasiga chiziqcha qo`yilmaydi.
Masalan: baxt-saodat –
baxt-u saodat, yaxshi-yomon – yaxshi-yu yomon
Слайд 107-mashq. Berilgan juft so`zlarni –u(-yu) yuklamasi bilan bog`lab gaplar tuzing.
Gul-lola, kecha-kunduz,
yoz-qish, yosh-qari,
katta-kichik, uzun-qisqa,
past-baland.
Слайд 118-mashq. Berilgan gaplardan juft so`zlarni toping va ma’nosini tushuntiring.
1. U boshini egganicha, lom-mim demadi.
2. Bobom ko`rgan-kechirganlsrini
gapirib berar edilar.
3. U to`ppa-to`g`ri do`stining yoniga bordi.
4. Onam supur-sidirdan bo`shamay qoldi.
5. Qad-qomati kelishgan, ko`z-qoshi qora qiz edi.
6. Daftar-kitoblarimni yig`ishtirib qo`ydim.
Слайд 12 8- topshiriq. Matnni o`qing, mazmunini so`zlab bering.
Davlat tili.
Mamlakat qonunchiligida, rasmiy ish yuritishda, sud jarayonida, o`quv
faoliyatida qo`llanadigan asosiy til o`zbek (davlat) tilidir. O`zbek tili – jahondagi eng boy va rivojlangan tillardan biri. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga asosan O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir(4-modda). O`zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi maxsus qonun bilan ham belgilangan. Konstitutsiya va qonunda o`zbek tilining davlat tili deb belgilanishi boshqa har qanday tillarning muomalada bo`lishini rad etmaydi. Boshqa tillardan ham kundalik hayotda, turmushda keng foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Слайд 13Adabiy o`qish. Ona tilim.
Alla bo`lib jaranglagan
Ona tilim-jon-u
dilim.
Unga,axir, payvastadir
Qadr-u qimmat, mehr, bilim.
Buyuk Temur jahon bo`ylab
Dovrug`ini solgan tilim.
Mir Alisher bobomlardan
Meros bo`lib qolgan tilim.
Bobur Mirzo she’rlaridan
Rang va ohang olgan tilim.
Shunday tildan tonar bo`lsam,
Qiyma-qiyma bo`lsin tilim.
Слайд 15Uyga vazifa
Ayting-chi, nima uchun o`zbek tilini o`rganish zarur? Munosabatingizni bildiring.