Слайд 1
MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARGA EKOLOGIK TARBIYA BERISHDA DIDAKTIK O’YINLARNING ROLI.
Слайд 2"Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda,
xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday talim-tarbiya olishiga
bog’liq”.
Islom Karimov
Слайд 3EKOLOGIK MADANIYATNING TARKIBIY QISMLARI
Ekologik bilimlarni shakllantirishga o’qitish
Tabiatga qiziqish, tabiat haqida
bilimlar tizimi
tabiatga munosobat hissiyoti
Tabiatga ekologik munosobatni tarbiyalash
Ekologik taffakurni takomillashtirish
Tabiatga munosobat
motivlari
Слайд 4Ekologik tarbiya asosan tabiat haqidagi tasavvurni shakllantirsh orqali tabiat bilan
tanishtirish mehnat mashg`ulotlarida berib boriladi. "Uchinchi ming yillikning bolasi"dasturida
berilgan mavzularga qo’shimcha qilib, o’lkamizga xos jonli va jonsiz tabiat, o’simliklar va xayvonot dunyosi haqida tasavvurlar shakllantirib boriladi. Bogchalarda ekologik talim bo’yicha olib borilayotgan ishlar birinchi kichik guruhdan boshlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar talim-tarbiyasiga qo’yilgan davlat talablari shu talablar asosida tuzilgan "Uchinchi ming-yillikning bolasi" tayanch dasturi (2000 y) asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha talim yoshidagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish dasturning "bolalarni jismoniy rivojlantirish", "bolalarning nutqi va tafakkurini rivojlantirish", "manaviy-madaniy yetuklik" bo’limlarida o’z aksini topgan.Dastur bolalarning yoshi, psixologik hamda fiziologik xususiyatlariga mos ravishda aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, ekologik talim-tarbiya berishni o’z oldiga vazifa qilib qo’ygan.
Слайд 5Bolada ekologik tarbiyaning asosiy mazmuni, bu tabiat hodisalari va ob’ektlariga
to’g’ri munosabatni shakllantirishdir. Buni amalga oshirish uchun bolalar tomonida tabiatni
to’g’ri anglash, o’simlik va tirik organizmlarning rivojlanishi bilan tanishtirish muhimdir.
Слайд 7Ekologik tarbiya - insonning atrof-muxitga nisbatan munosabatini tarbiyalashdir. Ekologik ta’lim-tarbiyadan
bosh maqsad ham yosh avlodga atrof-muxit va uning muammolariga ongli
munosabatni shakllantirishdan iboratdir.
Ekologik tarbiyalash jarayonida yoshlarni yashab turgan tabiatimiz boyliklarini tejab-tergashga, uni muhofaza qilishga o’rgata boriladi.
Ajdodlarimiz bola tarbiyasi masalasiga aloxida e’tibor bilan qaraganlar va bu borada ibratli an’analarni vujudga keltirganlar. Bolalar go’daklik chog’laridanoq axloqiy va mexnat tarbiyasini oilada boshlaganlar. Ularda mexnatga muxabbat, atrof-muxitga xurmat, obodonchilik va ko’kalamzorlashtirish xissi sabot bilan singdirilgan.
Слайд 8
Masalan, atrofni ifloslantirmaslik uchun axlatlarni aloxida chuqurchalarga tashlash; xojatxonalarni ariq,
soy, buloq suvlaridan uzoqroq joyda kovlash; yong’in chiqmasligi chorasini ko’rish;
turli ehtiyojlar uchun yashnab turgan daraxtda emas, balki ko’rib qolganlaridan foydalanish; nixollarni sindirib, payxon qilmaslik; qushlarni uyasini buzmaslik kabi xatti-xarakatlar shakllantirilgan. Oila davrasida farzandlarga «Suvga tuflama, uni iflos qilma, Chunki barcha jonivorlar uni ichib baxra oladi", "Gullab turgan mevali daraxtning shoxini sindirma, u meva beradi, uni o’zing iste’mol qilasan", "Pishib yetilmagan uzumni uzma, agar uzsang katta gunoh ish bo’ladi, Chunki unda axli mo’minning nasibasi bor" deb pandu-nasixatlar qilganlar. Ma’lumki, inson aqli uning umumiy rivojlanishning dastlabki 3-4 yilida 50% , 4-8 yilida 30 %, 8-17 yilda esa 20 %ni tashqil qiladi. Shuni xisobga olib, ekologik ta’lim-tarbiyani; asosan, bog’cha va maktablarda amalga oshirish zarur.
Слайд 9Maktabgacha yoshda bo’lgan bolalarning ekologik tarbiyasi quyidagilarni o’z ichiga oladi.
Tabiatga
nisbatan oqilona munosabatlarni shakllantirish.(ma’naviy tarbiya)
Ekologik bilimlar va tasavvurlar tizimini shakllantirish.(intelektual
yoki aqliy rivojlanish)
Estetik hissiyotlarni rivojlantirish (Tabiat go’zalligini anglash va ko’rish, hayratlanish, uni saqlash).
Bolalarda yoshiga mos ravishda o’simlik va hayvonlarni parvarishlash, tabiatni qo’riqlash va himoya qilish hohish istaklarni shakllantirish.
Слайд 10Maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik tarbiyasining asosiy vazifalari:
Bolalar ongida atrofimizdagi olam
haqida ilk tushunchalarni shakllantirish, tabiat va inson uzviy bog’liqligini hamda
bolalarda ekologik ong va ekologik tarbiyani shakllantirish.
Bizni o’rab turgan tabiatga nisbatan his-tuyg’ularni shakllantirish.
Atrof muhitni asrash buyicha olib boriladigan amaliy va ijodiy faoliyatni rivojlantirish.
Yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun maktabgacha bo’lgan ekologik tarbiyani asosiy printsiplari – insonparvarlik, inregratsiya, ilmiylik kabi jihatlarini aniqlab olish kerak bo’ladi.
Слайд 11"Tabiatni o`rganish“ o`yini.
Bu o’yin mashg’ulot shu vaqtga
qadar rasmli tarzda o’tkazilar edi. Biz sizga rasmsiz variantini tavsiya
etmoqchimiz. Bu o’yin ham bolalar mantiqiy tafakkurini rivojlanishiga va o’simlik hayvonlarni nomlarini, qaysi guruhlarga mansubligini o’rganishga samarali yordam beradi. O’yin sharti quyidagicha: tarbiyachi bolaga bir guruhga mansub bo’lgan uchta yoki to’rtta narsa nomini aytiladi. Bola ularning umumiy nomini aytishi kerak. Masalan: Tarbiyachi: ot, qo’y, sigir, buzoq so’zlarini aytsa, bola esa: ot, qo’y, sigir, buzoq - uy hayvonlari deb umumiy nomini aytadi. Tarvuz, qovun, handalak - poliz mahsulotlari. Olma, uzum, shaftoli, anor - mevalar.
Слайд 12 "Avval nima bo’lgan edi?"o`yini.
Bu o’yin shartiga ko’ra bolalar tarbiyachi
tomonidan aytilgan narsaning avval nima bo’lganini aytishlari kerak. Masalan: jo’ja
(tuxum), ot (toychoq), kapalak - (qurt) kabilar. Bundan tashqari bittadan ko’p ma’noga ega bo’lgan so’zlardan ham foydalanish mumkin. Masalan: non - un - bug’doy, stol - yog’och - daraxt - urug’, ko’ylak - mato - ip - paxta - chigit.
"Taqqoslash"o`yini.
Bu o’yin mashg’ulotda bolalarda ikkita bir - biriga o’xshash narsalar beriladi va ularning o’rtasidagi farqlarni topish topshiriladi. Bolalar ularni taqqoslab ko’rishlari va farqini aytishlari kerak. Masalan: suv va tuproq. Bu topshiriqni bajarishda "VENN" diogrammasi va "T" sxemasidan foydalanishni tavsiya etamiz.
Umumiy belgi
Suv tuproq
rangsiz qora, kulrang
ariqda oqadi ishlov beriladi
daryoda oqadi sug`oriladi
baliqlar yashaydi oziq mahsulotlari yetishtiriladi
yomg’ir, qor o`simliklar o`sadi
Слайд 13 O’yin “Tasvirlashga asosan top”
Maqsad: Bolalarda predmetga
xos aytilgan xususiyatlarni hisobga olishni o’rgatish, kuzatuvchanlikni rivojlantirish, o’simliklar olamiga
xos xilma-xillikni, xona gullari ularni parvarishlashni o’rganish.
Jarayon: tarbiyachining stolida 5 ta xona o’simliklari mavjud. Ular bir biridan yaqqol farq qiladi (gullaydigan, gullamaydigan, yirik bargli, igna bargli ,poyasi yo’g’on, poyasi ingichka va x.k.z) Tarbiyachi har bir bolaga navbat bilan murjoat etib, o’simlikni og’zaki tasvirlaydi, bola esa uni boshqalari ichidan ajratib beradi. (Masalan, bu o’simlik gullaydi, uning barglari katta, bu o’simlikning esa poyasi yo’g’on)
Слайд 14 O’yin: “Bu qaysi qush”
Maqsad: Bolalarda qushlar qanday tovushlar chiqarishi
haqidagi bilimlarni mustahkamlash, R harfini aniq talaffuz etishni o’rgatish.
Material: qushlarning
rangli rasmlari
Jarayon: Tarbiyachi qushlarning tovushiga o’xshab tovush chiqaradi. Bolalar rasmlarga qarab, shu tovush qaysi qushga tegishli ekanligini topadilar.
Masalan: Tarbiyachi- kim “Kar-kar” deb qichqiradi. Sobirjon shu qushni ko’rsatchi !
-Hammamiz qarg’a kabi qichqiramiz.
Tarbiyachi- kim “chirik-chirik” deb tovush chiqaradi. Anora qiz ko’rsatchi!
-Hammamiz chumchuq singari tovush chiqaramiz
Слайд 15O’yin : “Sehrli poezd»
Maqsad: turli xil sinflar(yirtqich xayvonlar, qushlar, sudralib
yuruvchilar va x.k.z)ga mansub hayvonlarni ajrata olish xususiyatini rivojlantirish va
muhofazatalablarini o’rganish.
Jarayon: poezd oldida turli xil xayvonlar rasmlari tushirilgan kartochkalar turibdi. Bu hayvonlar poezd yo’lovchilari. Uarni vagonlarga joylashtirish lozim. Birinchi vagon-yirtqich xayvonlar, ikkinchi vagon-qushlar, uchinchi vagon-sudralib yuruvchilar, to’rtinchi vagon-xasharotlar. 4 nafar bola o’ynaydi
Слайд 16O’yin “Xatoni top”
Maqsad: e’tiborni rivojlantirish, kuzatuvchanlik. Xayvonlar yashash muhiti to’g’risida
bilimlarga ega bo’lish.
Jarayon: bolalarga turli xayvonlar rasmi va yashash muxiti
tasviri ko’rsatiladi( masalan o’rmon) Bolalar ushbu yashash muxitida yashay olmaydigan xayvonni ajratib,uning muhitini tasvirlashlari lozim.
Слайд 17O’yin “Kim uchib ketadi, kim qoladi?”
Maqsad : bolalarning qishlovchi va
ko’chib ketuvchi qushlar haqida bilimlarini mustahkamlash.
Jarayon: Bolalar oldida qish
hamda yoz peyzajlari hamda turli xil qushlar tasvirlangan rasmlar turibdi. Tarbiyachi qishlovchi qushlarni qish peyzajidagi rasmga, ko’chib ketuvchi qushlarni esa yoz peyzajidagi rasmga joylashtirib chiqishni taklif etadi.
Слайд 18Ekologik topishmoqlar
Baroq junli qiltiq mo’ylov,
Sichqon poylar, qilar ov.
(mushuk)
Yo’l-yo’l to’ni bor,
odam qo’rqar turqi
bor (yo’lbars)
Kuyi doim taqir-tuqur
Qayda ko’rsa ilon cho’qur.
(laylak)
Ola-qamchi uradi
Chumchuqlarni qiradi.
(ilon)
Слайд 19O’yin — inson faoliyatining ko’rinishlaridan biridir. Murakkab va qiziqarli hodisa
sifatida u turli kasbdagi kishilar diqqatini jalb etadi.
Слайд 20XULOSA.
Ekologik o’yinlar orqali bolalarda quyidagi xususiyatlarni shakllantirish mumkin.
Tabiatni to’g’ri tushunish
va ko’ra bilish, unga nisbatan to’g’ri munosabatda bo’lish;
Tabiatga nisbatan insonparvar
munosabatda bo’lish;
Atrofimizni o’rab turgan olamni o’ziga xos, o’xshashi yo’q, u bizning e’tiborimizga muhtoj ya’ni bular hammasi xonaki gullarga, tirik burchakda yashovchi hayvonlarga bo’lgan munosabat, amaliy faoliyat davomida shakllanadi.
Ekologik o’yinlar bolajonlarni tarbiyalash vazifasiga xizmat qiladi va qiziqarli, maroqli, tushunarli darajada olib boriladi. Bolalar g’olib chiqish maqsadida jonu dili bilan mashq qiladilar, berilgan har bir topshiriqni albatta bajarishga odatlanib qoladilar, natijada ularda didaktik topshiriqlarni bajarishga bo’lgan qiziqish orta boradi.
Слайд 21Ekologik o’yinlar bolaning his-tuyg’usiga ta’sir etib, unda o’qishga ijobiy munosabat
va qiziqish xislatini tarkib toptiradi. Bolalar o’yinni zo’r mamnuniyat bilan
ijro etadi, o’yin boshlanishini esa sabrsizlik bilan kutadilar, ularning ongida beixtiyor ertangi o’quv kunining quvonchli manzarasi gavdalanadi