Слайд 1O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI JISMONIY TARBIYA VA SPORT VAZIRLIGI
O’ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA
VA SPORT UNIVERSITETI
MARATOV QANAT
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
YOSH MILLIY KURASHCHILARNI MAXSUS MASHQLAR
ORQALI TEXNIK-TAKTIK HARAKATLARINI RIVOJLANTIRISH
Ilmiy rahbar: kat. o’q. Xolmurodov L.Z.
Слайд 2– Biz xalqaro sport maydonlarida Oʻzbekistonning nufuzi va obroʻ-eʼtiborini oshirishga
katta hissa qoʻshgan sportchilarimiz bilan faxrlanamiz. Shu bilan birga, oliy
sportda erishilgan yutuqlar bilan cheklanmasdan, ommaviy sportga ham katta eʼtibor berishimiz kerak. Shavkat Mirziyoyev.
Слайд 3“Sport–sport uchun emas, eng avvalo, odamlar uchun, ularni ham jismoniy,
ham ma’naviy jihatdan komil inson etib tarbiyalash uchun, yеr yuzidagi
barcha kishilarning tinchlik–osoyishtaligi, do’stlik va hamkorligi, baxt–saodati uchun xizmat qilishi darkor”.I.A.KARIMOV
Слайд 4Kurash — sport turi, belgilangan qoidaga muvofiq ikki sportchining yakkama-yakka
olishuvi. Kurashish sanʼati koʻp xalqlarda qadim zamonlardan buyon maʼlum.
Слайд 51991 yildakurashchilar sulolasi vakili, bir necha kurash turlari boʻyicha xalqaro
miqyosda sport ustasi Komil Yusupov oʻzbekcha milliy kurashning xalqaro andozalarga
moslangan quyidagi qoidalarini ishlab chikdi: kurash tushuvchilar 14 x 14 m dan 16x 16 m gacha boʻlgan, chetroq qismi qizil rangli „xavfli chiziq“ bilan belgilangan koʻk-yashil tusli kurash gilamida tik turgan holatda bellashadilar. Gʻolib ishlatilgan usullar va maydondagi xatti-harakatlariga qoʻyiladigan baholarga qarab aniqlanadi. Kurashda boʻgʻish, raqibga ogʻriq beruvchi usullar qoʻllashga ruxsat etilmaydi
Слайд 61992 yilda Oʻzbekistonda kurash federatsiyasi, 2001 yilda Oʻzbekistonda belbogʻli kurash
federatsiyasi tuzildi. 1998 yil sentabrda Toshkentda 28 davlat (AQSH, Boliviya,
Buyuk Britaniya, Gollandiya, Rossiya, Oʻzbekiston, Yaponiya va h.k.) vakillari Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (IKA) muassislari boʻlishdi va shu munosabat bilan bu yerda oʻzbekcha K. boʻyicha yirik xalqaro musobaqa oʻtkazildi. OʻzR Prezidentining „Xalqaro kurash assotsiatsiyasini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida“gi farmoni (1999 yil 1 fev.) oʻzbek milliy K. ining yavada rivojlanishiga turtki boʻldi. Oʻsha yili Toshkentda oʻzbekcha K. boʻyicha birinchi jahon chempionati, Rossiyaning Bryansk shahrida ayollar oʻrtasida xalqaro musobaqa boʻlib oʻtdi.
Слайд 7Shu kunlarda Saudiya Arabistonning Jidda shahrida Islom birdamligi sport federatsiyasining
navbatdan tashqari Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda. Quvonarlisi, unda xalqimizning milliy
sport turi kurash endilikda Islom birdamligi sport oʻyinlari dasturiga kiritilishi maʼlum qilindi.Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Jasur Matchanovning aytishicha, kurash musobaqalarini 2025 yilgi Islom birdamligi sport oʻyinlari dasturiga qoʻshish imkoni bor. Zero, mazkur gʻoya Islom birdamligi sport federatsiyasi va Osiyo oʻyinlari departamenti rahbariyati tomonidan maʼqullangan.Oʻtgan qisqa davr ichida milliy kurashimiz koʻplab nufuzli sport musobaqalari dasturiga kiritilmoqda. Dastlab 2017 yili Turkmanistonning Ashxobod shahrida boʻlib oʻtgan Jang sanʼati va yopiq inshootlardagi V Osiyo oʻyinlari, keyinchalik 2018 yil Indoneziya mezbonlik qilgan XVIII Osiyo oʻyinlarida barchaga manzur boʻlgan milliy sport turimiz endilikda Islom birdamligi sport oʻyinlarida ham ushbu anʼanani davom ettiradi.
Слайд 8ISHNING DOLZARBLIGI
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport yuksalishida sportga keng xalq
ommasi, avvalo, o`sib kelayotgan yosh avlodni keng jalb qilishda sport
va jismoniy tarbiya taraqqiyotini ta’minlaydigan bir necha qonun hamda farmon va qarorlar qabul qilinib, hayotga izchil tadbiq etilayotgani g’oyat muhimdir.
Mustaqil Vatanimizda dastlabki kunlaridanoq xalq farovonligini oshirish, mamlakatimizni iqtisodiy ijtimoiy va madaniy rivojlantirish hamda boshqa mamlakatlar bilan teng xuquqli aloqalarni yaxshilashga katta e’tibor qaratildi.
Respublika raxbariyati tomonidan ko`rsatilayotgan barcha g’amxo`rliklar aholini, ayniqsa o`quvchi yoshlarni milliy qadriyatlarni o`rganishga, ularning ma’naviy va ma’rifiy dunyoqarashlarini yangilashga qaratilmoqda. Bu vazifalarni bajarishda barcha o`quv yurtlari, ayniqsa oliy ta’lim tizimida yuksak g’oyaviylik hamda o`z ixtisosligining yetuk xodimi bo`lish darajasida tarbiyalashni taqozo etadi.
Davlatimiz va jamiyatimizning bugungi kuni, ayniqsa, kelajagi uchun g’oyat muhim bo`lgan sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash vazifasini o`z oldimizga qo`yar ekanmiz, avvalambor, biz yashayotgan XXI asr-intellektual boylik, yuksak bilim va salohiyat talab etiladigan, aynan Shu qadriyatlar ustuvor ahamiyat kasb etadigan asr, degan hayotiy haqiqatdan kelib chiqqan edik.
’’Faol invisisiyalat va ishtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturini amalga oshirishda ta’lim sohasini rivojlantirish, avvalambor, uning moddiy – texnik bazasini mustahkamlash, yangi o`quv muassasalari qurish va ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash masalasiga e’tibor yanada kuchaytirildi.
Слайд 9ISHNING MAQSADI:
Yosh milliy kurashchilarning texnik-taktik harakatlarga o`rgatish jarayonida maxsus jismoniy
mashqlar yordamida natijalarni yahshilashga qaratilgan.
Слайд 10TADQIQOT VAZIFALARI
milliy kurashchilarning texnik-taktik harakatlarini ijro etiladigan jismoniy mashqlar yordamida
yosh kurashchilarni chidamliligini oshirish:
milliy kurashchilarning texnik harakatlarni o`rgatish jarayonida
ijro etiladigan maxsus kurash mashqlari yordamida texnik maxoratni shakllantirish:
milliy kurashchida maksimal darajada harakat erkinligini oshirishga yo`naltirish
Слайд 11TADQIQOT OBEKTI VA PREDMETI
Yosh milliy kurashchilarni samarali tayyorlashga qaratilgan
ilmiy-uslubiy dasturlar
nazariy tahlil va umumlashtirish, pedagogik kuzatish, suhbat, anketa, pedagogik
tajriba, matematik-statistika uslublari
Слайд 17Kurash bo’yicha Buxoroda o’tkazilgan
,,PREZIDENT SOVRINI’’
Слайд 18XULOSA
1. Jismoniy sifatlarni rivojlanganlik darajasini ifodalovchi test mashqlari natijalariga ko`ra,
nazorat va tajriba guruhlarida tadqiqot boshida kuzatilgan ko`rsatkichlar bir-biridan deyarli
farq qilmaydi. Kuch va kuch chidamliligi, tezkor kuch va tezkor kuch chidamliligiga tekshiriluvchi milliy kurashchilarda etarli darajada rivojlanganligi ma`lum bo`ldi. Shu yoshdagi milliy kurashchilar ushbu ko`rsatkichlarning aksariyat qismi ancha yuqori darajada qayd etilgan.
2.Tadqiqot yakunida tahlil etilgan kuch va kuch chidamliligi tezkor kuch, maxsus tezkor kuch hamda maxsus tezkor kuch chidamliligini ifodalovchi ko`rsatkichlar tajriba guruhida nazorat guruhiga nisbatan 65-75 foizga o`sganligi qayd etildi. Vestibulyar analizatorining aylanma tezlanishlar ta`siriga bardoshliligi tajriba guruhida 95 foizgacha o`sdi. Ya`ni tajriba guruhidagi kurashchilarda muvozanat saqlash funktsiyasi muntazam qo`llanilgan aylanma tezlanishlar ta`sirida ancha yuqori darajada shakllandi.Binobarin, tajriba guruhida qayd etilgan ko`rsatkichlar shu guruhdagi kurashchilarga nisbatan qo`llashga yo`naltirilgan jismoniy va vestibulofunktsional tayyorgarlik mashqlarini o`ta samarali ekanligidan dalolat beradi.
3.Jismoniy sifatlar va vestibulyar analizatori funktsiyasini shakllantirishga yo`naltirilgan mashqlar majmuasi tajriba guruhidagi kurashchilar texnik mahoratining (nazorat guruhidagi kurashchilarga nisbatan) 3,7 baldan 7,3 balgacha oshishiga sababchi bo`ladi. Ya`ni belbog’li kurash olishuvlarida surunkali qo`llanilib turadigan aylantirib tashlash usuli texnik jihatdan tajriba guruhida yuqori darajada shakllanganligi o`z isbotini topdi.
4. Pirovardida shuni ta`kidlash zarurki, kurashchilar jismoniy, texnik va vestibulofunktsional tayyorgarligini shakllantirish maqsadida tanlab olingan umumiy va ixtisoslashtirilgan mashqlar majmuasi malakali kurashchilarni tayyorlashda o`ta muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega ekanligi o`tkazilgan tadqiqot natijalari yordamida isbotlandi.