yozma adabiyotning paydo bo’lishiga zamin hozirlagan. Xalq og`zaki ijodi xalqning
yengilmas irodasini, kelajakka bo’lgan ishonchini, adolat, xaqiqat, tinchlik va baxt haqidagi tasavvurni aks ettiradi.
Xalq shoiri yoki jamoa tamonidan yaritilib, og`izdan-og`izga, avloddan-avlodga, o’tib kelgan badiiy asarlar xalq og`zaki ijodi deyiladi, yoki fol`klor deb ham yuritiladi. Xalq og`zaki ijodiga quyidagi janrlar kiradi: qo’shiq, maqol, matal, topishmoq, afsona, rivoyat, doston, askiya, tez aytish, masal, alla, yor-yorlar, kelin salomlar va boshqalar.
Lapar, lof, askiya kabi janrlar tortishuv, baxslashuv, aytishuv, xazil mutoyiba, mubolag`a asosida ijro etiladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, xalq og`zaki ijodining bapcha janrlarida xalqning tarbiyaga bo’lgan qarashlari ifodalangan. Ulardagi tarbiyaviy g`oyalar, pedagogik ma`lumotlar va o’z ifodasini topgan xalq tarbiya tajribasi xalq pedagogikasining tarkibiy qismlaridir.